×
24-окт 2024 yil 90

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining sakson sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. 


Sessiya kun tartibida:

1. 2024-yilning 9 oyi davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar hamda 3-sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ehtiyojmand oilalar ro‘yxati “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Yoshlar” daftariga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i B.Xaitbayevning hisoboti to‘g‘risida

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari P.Madraimovning hisoboti to‘g‘risida;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri E.Sapayevning 2024-yil 3-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

4. Urganch tuman mahalliy budjetining 2024-yil 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish hamda 2024-yil 3-chorak yer uchastkalarini elektron auksionda sotishdan tushgan tushumlar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

5. Tumandagi “Pirnaxos Bo‘ston” fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan sudga da’vo ariza kiritish haqida.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech