×
30-окт 2024 yil 57

Olimpiadaga aylangan tashabbus

✅ Joriy yil 8-oktabr kuni tuman hokimi va yoshlar uchrashuvida yoshlar tomonidan "Mahorat darsi" o'tib berish tashabbusi bildirilib, tuman rahbari huquq fanidan "Hokim olimpiadasi"ni tashkil etish taklifini ilgari surgandi. Ushbu tashabbus ijrosi ta'minlanib, 25-oktabrda maktab bosqichi yakunlandi va 30-oktabrda 8-son o'rta umumta'lim maktabi binosida tumandagi 44 nafar maktab bosqichi g'oliblari tuman bosqichi uchun bellashdilar. "Hokim olimpiadasi" huquq faniga qiziquvchi yoshlar uchun "Mahorat darsi" bilan yakunlandi. Olimpiadaning tuman bosqichi g'oliblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🎉 Huquq fanidan "Hokim olimpiadasi" g'oliblari ro'yhati : 

1-o'rin Bekbayeva Diana 5-sonli maktab 10-sinf o'quvchisi
2-o'rin Latipova Mohira 1-sonli maktab 11-sinf o'quvchisi
3-o'rin Matnazarov Husinboy 42-sonli maktab 11-sinf o'quvchisi

Urganch tumani hokimligi yoshlarimizning ilm-fanga bo'lgan muhabbatini, e'tiborini kuchaytirishda o'z mehnatini ayamayotgan barcha o'qituvchi va pedagoglarga o'z minnatdorchiligini bildiradi. 

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech