2006-yildan beri noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Shu munosabat bilan Urganch tumanida tantanali marosim oʻtkazildi.
Tuman hokimi Gayratjon Sultanov tadbir ishtirokchilari va tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Bugungi kunda tumanimizdagi aholiga 7 ta oilaviy poliklinika, 3 ta oilaviy shifokorlik punkti, 1 ta koʻp tarmoqli poliklinika va tuman tibbiyot birlashmasi tibbiy xodimlari tomonidan sifatli tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Urganch tuman tibbiyot birlashmasi 285 oʻringa moʻljallangan boʻlib, shulardan: 30 oʻrinli shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 30 oʻrinli rejali jarroxlik boʻlimi, 85 oʻrinli tugʻruqxona majmuasi, 70 oʻrinli terapiya boʻlimi, 30 oʻrinli bolalar boʻlimi va 40 oʻrinli xoʻjalik xisobidagi reabilitatsiya boʻlimi, shu jumladan yordamchi boʻlimlardan laboratoriya, fizioterapiya, klinika-diagnostik boʻlimlar va shifoxona ichki dorixonasi, oshxonalar xizmat koʻrsatib kelmokda.
Marosimda soha xodimlari tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati