Qadrli yurtdoshlar!
Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik (https://kadastr.uz/uz/etirof-etish-reja-jadvali) asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.
Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad “ogohlikka” chaqirishdir!
Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.
Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!
Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik (https://kadastr.uz/uz/etirof-etish-reja-jadvali) asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.
Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga (https://etirof.kadastr.uz/) kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.
Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga (https://www.youtube.com/watch?v=SBqCxmIctlE&list=PLVmgu-d9jSysRYspmdRuj1BYWlKMNiz2D) kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.
‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.
Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.
Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov.
- Tuman hokimligi
- Tuman hokimligi apparati
- Boshqaruv apparatning tuzilmasi
- Qabul jadvali
- Ishonch va yagona telefon raqamlari
- Xorijiy va xalqaro hamkorlik aloqalari
- Boshqa davlat o'rginlari bilan o'zaro aloqalar
- Mahalliy va xalqaro bitimlar, shartnomalar
- Kun tartibi, ish rejasi va yig'ilish masalalari
- Elektron hukumat doirasida qilinayotgan ishlar
- Hokimlik ishtirokidagi tadbirlar
- Manzil
- Bo'sh ish o'rinlari
- Tuman haqida
- Elektron xizmatlar
- Meyyoriy hujjatlar
- Faoliyat
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Ochiq ma'lumotlar