×
30-мар 2024 yil 167

SAYYOR SUD

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi tomonidan 2024 yil
27 mart kuni Urganch tumani, Hilol mahallasida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabi binosida Urganch tuman IIB bilan hamkorlikda tashkil qilingan ochiq sayyor sud majlisida, O‘zbekiston Respublikasi JKning
266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) hamda JKnnig 169-moddasi (O‘g‘irlik) jinoyatlarini sodir qilgan fuqarolarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishlari mazmunan ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birgalikda, mazkur sayyor sudda 5 nafar Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik — harakatlarini sodir qilgan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan bo‘lgan hamda Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi MJtKning 133-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlari ko‘rilib, qonunda belilangan jazolar tayinlandi.
Shu bilan birgalikda sud majlisi ishtirokchilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech