×
12-ноя 2023 yil 79

Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor



   “16 noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” Urganch tumani Xojiboylar mahallasida joylashgan Urganch agrotexnologiyalari texnikumi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Urganch tuman boʻlimi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamda madaniyat boʻlimi bilan birgalikda “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 


   Tadbir davomida milliy markazlarning bir guruh qizlari tomonidan milliy raqslar ijro etildi. Shunga oʻxshagan kuy-qoʻshiq va raqslar mehmonlar va tadbir ishtirokchilarini kayfiyatini koʻtardi.


   Tadbirda faoli ishtirok etgan va tashkilotchilikda faollik koʻrsatgan milliy markazlar rahbarlariga tashakkurnoma va estalik sovgʻalari topshirildi.


   Urganch tumani boʻylab mana shunday tadbirlar davom etmoqda.


Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech