×
24-сен 2023 yil 58

Тuman aholisiga suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda

 
“Urganchtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan tuman aholisiga suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda.
     Aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish yuzasidan samarali, tizimli, ishlar amalga oshirilmoqda.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari,  har bir korxona va tashkilotlarning “Ishonch telefonlari” tashkil etilishi fuqarolarning ogʻirini yengil qilish bilan bir qatorda turli xil noqulayliklarni oldini olishga xizmat qilmoqda.
    Aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabullarda barcha rahbar xodimlar  hududlardagi muammolarni oʻz koʻzi bilan koʻrib aholi dardini yaqindan eshitishga zamin yaratmoqda.
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi №646-sonli qaroriga asosan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Suyultirilgan uglevodorod gazi tuman aholisiga “Urganchtumangaz” gaz taʼminoti  boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan maxsus avtomashinalarda aylanma usulda tegishli tartibda ID kartalari orqali toʻlovlarni amalga oshirib xar bir aholi xonalariga oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda.
    Bugungi kunda Urganch tumanining 21 ta mahalla aholisi suyultirilgan gazdan foydalanadi. 
    9613 ta xonadon 11 115 ta maishiy gaz ballonlari bilan toʻliq taʼminlangan boʻlib, isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan muddatlarda, maxsus avtotransportlar orqali yetkazib berilmoqda. Yil boshidan beri tuman aholisiga 1155.54 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
    Urganch tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan 30-35 kun oraligʻida mahallamizga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib beriladi. 
    Endilikda gaz ballonlari chilangarlar tomonidan maxsus avtotransportlarda, aylanma usulda, ID kartalar orqali berilmoqda. Suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimidan juda mamnunmiz - deydi, “Miroblar”  mahallasida yashovchi Saidov Muzaffar. Fuqaroning oilasida kishi soni koʻpligi sababli, gaz ballonni oyda ikki marta toʻldirib olish imkoniyati yaratildi va gaz ballon toʻldirib berildi.  
    Bizning 62-35-21587  raqamli “ishonch telefon”i faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ushbu “ishonch telefon”i orqali  haftaning dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha boʻlgan vaqtlarda fuqarolar ogʻzaki ravishda murojaat qilishlari mumkin. 

       “Urganchtumangaz” gaz taʼminoti “Nazorat va murojaatlar” boʻlimi yetakchi mutaxassisi M.Yuldasheva
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech