
Aholi tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etib kelayotgan ichki ishlar tizimining bir guruh xodimlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi va yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandilar. “Mening mahallamda jinoyat sodir boʻlmasligi kerak” shiori ostida huquq-tartibot idoralari, mahalla faollari hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu saʼy-harakatlar tumanni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirishga xizmat qiladi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.