3-iyundan “Yangi O‘zbekiston –yoshlar mamlakati”shiori ostida”Yoshlar oyligi”munosabati bilan,chavandozlar maktabi to‘garagi a’zolari va havaskor yoshlar o‘rtasida, ot sportining “Polo” turlari bo‘yicha Chavandozlar maktabi birinchiligi o‘tkazildi . Joriy yilning 9-iyun kuni Xorazm viloyati, Urganch tumani 3-sektor hududiga qarashli“Killavut”mahallasiga joylashgan Chavandozlar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5212-sonli qarorining 10.7-bandi ijrosini ta’minlash , viloyatda ot sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5211-sonli qarorining 2-ilova. 4.2.-bandlari ijrosi bo‘yicha - jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; - ot sport turlarini mahalla yoshlari o‘rtasida targ‘ib qilish hamda ommalashtirish ,rivojlantirish; - yoshlar orasidan yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash -ot sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash; - mardlik va vatanparvarlik, ona vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish; - ot sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishdan maqsadida . 3-iyundan “Yangi O‘zbekiston –yoshlar mamlakati”shiori ostida”Yoshlar oyligi”munosabati bilan,chavandozlar maktabi to‘garagi a’zolari va havaskor yoshlar o‘rtasida, ot sportining “Polo” turlari bo‘yicha Chavandozlar maktabi birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi . Musobaqaning yoplish marosimida Chavandozlar maktabi direktori O.Atadjanov ,o‘rinbosari T.Yu.Sattarovalar, so‘zga chiqib ot sportini targ‘ib qilib hamda g‘oliblarga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilab,g‘olib jamoalarni tashkilotchilar, tomonidan ajratilgan tegishli diplomlar bilan taqdirladi . Musobaqa yuqori saviyada o‘tkazildi va ishtirokchilarda, yanada ot sportiga kuchli qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Jami 28 nafar ishtirokchi,shulardan 2nafarini xotin –qizlar tashkil qiladi.