O‘quv seminari
Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi tog’risida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF—27-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF—5938-son Farmoni bilan joriy etilgan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratishning samarali mexanizmlarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamkorligida Urganch tumani hokimligida “Mahallada havfsiz muhitni yaratish yuzasidan yangicha ishlash tizimi” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarda vazirliklardan kelgan mutahassislar tomonidan mahallalar beshligi hodimlariga mavzu yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mahalla beshligi hodimlari o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga ham javob oldilar.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.