9 may -Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Urganch tumanidagi Xotira maydonida tadbir tashkil etildi. Musiqa sadolari ostida motamsaro ona haykali poyiga gullar qoʻyilib, hurmat bajo keltirildi.
Tadbirda tuman hokimi G.Sultanov, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, mehnat faxriylari, tumandagi tashkilot, korxona, muassasa xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.