Bugun 6-mart kuni “Versal” tantanalar zalida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlab, Urganch tumanidagi turli sohalarda ko’p yillik mehnat faoliyatiga ega fidoyi nuroniy onaxonlarimiz, samarali faoliyat olib borayotgan ilg’or ayollar, mahalla faollari, lobar xotin-qizlar ishtirokida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirda tuman hokimi G.Sultanov ishtirok etib, obod-osoyishta yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda tumanimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shayotgan bir guruh faol ayollar “Tashakkurnoma” va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Bayram tantanalari konsert dasturi bilan yakunlandi.