“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Tariximiz va milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan davlatimiz gerbi xalqimiz ozodligining yana bir timsoli sifatida tarixdan joy olgan sanaga ham oʻttiz ikki yil boʻldi.
Davlat gerbi tasviri mamlakatimizdagi barcha davlat tashkiloti binolari peshtoqiga oʻrnatilgan. Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qogʻoz va tanga pullarda, qimmatli qogʻozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda joy olgan.