Urganch tumani Turkmanlar mahallasidagi “Oʻzbek-Turkman” doʻstlik uyida tumandagi barcha mahallalardagi xotin-qizlari “Ezgulik – shiorimiz – Maʼrifat qurolimiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirning asosiy mehmonlari Мilliy tadqiqot universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Dilmurod Uzoqov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shior Bobur Bobomurod, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada instituti talabasi Kumush Mo'minovalar ayollarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan musiqiy dastur tashkil etildi.