Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” respublika tanlovi e’lon qilingan edi. Mazkur tanlovning Urganch tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda o‘quvchi-yoshlar har bir shartda o'z iste'dodlarini namoyon etishdi.Tanlov hakamlar hay'atining adolatli yondashuvlari asosida
1-o'rinni 23-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Ibrat" jamoasi;
2-o'rinni 47-son IDUM "Xorazm avlodlari" jamoasi va 20-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Barkamol avlod" jamoasi;
3-o'rinni 39-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Iste'dod" jamoasi va 44-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Xorazm farzandlari" jamoalari loyiq deb topildi.
Tadbir so'nggida g‘olib maktab jamoalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. G'olib deb topilgan 23-umumiy o'rta ta’lim maktabining "Ibrat" jamoasiga viloyat bosqichida omad tilab qolamiz.
Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.