×
15-апр 2024 yil 67

Urganch tumanida 15 aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni keng nishonlandi.

Ushbu kun munosabat bilan tashkil qilingan tadbirga sohada uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan mehnat faxriylari, bugungi kunda samarali  faoliyat yuritib kelayotgan faollar taklif etildi. Tuman hokimi oʻrinbosari I.Raximova tuman hokimligi nomidan  soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning yurtimiz madaniyati va sanʼatini rivojlantirish hamda dunyoga targʻib etishdagi fidokorona mehnatlarini eʼtirof etdi.Bayram munosabati bilan faoliyati davomida munosib yutuqlarga erishib kelayotgan madaniyat va sanʼat sohasining bir guruh xodimlari tuman hokimligining tashakkurnomasi va sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech