Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan Urganch tumanida Yashirin iqtisodiyotni qiskartirish va byudjetga qoʻshimcha manbalarni jalb qilish boʻyicha “Yoʻl xarita” ijrosi ahvoli oʻrganildi. Shuningdek, soliq organlariga qayta hisobotlar topshirish boʻyicha masʼul tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish boʻyicha topshiriq va koʻrsatmalar berildi.Bundan tashqari, mazkur yoʻnalishda ishlarni tashkil qilish va prokuror nazoratini taʼminlash boʻyicha Urganch tumani prokuraturasi yosh mutaxassislariga ham tushuntirishlar berildi.