Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“gi Farmonida ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur kunda aholiga shaxsiy avtomobillardan foydalanmaslik, imkon qadar piyoda yurish, jamoat transportlarida yoki velosiped va shunga oʻxshash salomatlik uchun foydali boʻlgan transport vositalarida harakatlanish tavsiya etilgan.