Markaziy bank tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda “Umumjahon Pul haftaligi” (Global money week) xalqaro kompaniyasi doirasida “Pullaringizni himoya qiling, kelajagingizni ta’minlang” shiori ostida butun respublika bo’ylab qator ta’lim tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.Xususan, ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etilishida “Agrobank” ATB ham faol ishtirok etib kelmoqda.Jumladan, joriy yilning aprel oyida Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 3-, 36-, 38-umumta’lim maktab o’quvchilari uchun bankning ichki biznes-trenerlari tomonidan “Umumjahon Pul haftaligi” (Global money week) xalqaro kompaniyasi doirasida “Pullaringizni himoya qiling, kelajagingizni ta’minlang” shiori ostida o’quv tadbilari o`tkazildi.