Barchamizga maʼlumki shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda psixologik bilimlarga extiyoj sezilarli darajada oshdi. Shu maqsadda bugun Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Urganch tuman qoʻriqlash boʻlimi hodimlari uchun “Shaxslararo munosabatga kirishishning psixologik jixatlari” mavzusida davra suhbati va psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi. Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklari daxlsizligini ishonchli taʼminlash uchun xodimlar belgilangan talablarga javob beradigan tarzda xizmat olib borishi zarur. Oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar esa xodimlarning ishchanlik xususiyatlarini shakllantirib, xizmat samaradorligini sifat jixatdan yuqori pogʻonaga koʻtarishga xizmat qiladi. Trening mashgʻulotlari davomida mutaxassislar tomonidan jamoaviylikni shakllantirish va jipslashtirishga qaratilgan roʻlli oʻyinlar va mashqlarga alohida eʼtibor qaratildi.