×
08-май 2024 yil 53

Tumanimizda yashovchi, front ortida xizmat qilgan mehnat faxriylari – e'zozda.

"Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Urganch tumani hokimi Gayrat Sultanov front ortida xizmat qilgan mehnat faxriylarining xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldi. Bayram munosabati bilan sovg‘alar berilib, o‘sha yillardagi zalvorli mehnatlar evaziga bunyod bo‘lgan bugungi tinch va osoyishta hayot uchun ularga minnatdorchilik bildirdi. Ular o'zlarining o'tgan davrda boshidan kechirgan qiyinchiliklari, urushning insonlar hayotiga ta'siri va xalqning turmush tarzi haqida hikoya qilib berishdi.Xususan, "Shodlik" mahallasida yashovchi front ortida xizmat qilgan mehnat faxriysi Otaboy Matyaqubov, "Turkmanlar" mahallasida yashovchi front ortida xizmat qilgan mehnat faxriysi Rejabboy Allaberganovlar mehmonlarga urush paytlaridagi ba'zi hayotiy kechinmalarini so'zlab berdilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech