×
21-май 2024 yil 49

Urganch tumani sektor rahbarlari tomonidan tibbiy ko'rik va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida malakali mutaxassislar migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimizning 88 nafarini salomatligini koʻrikdan oʻtkazib, zarur tavsiyalar berishdi.Mavsum boshidan 476 nafar migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.Natijada 21 nafar yurtdoshlarimizda turli xil surunkali kasalliklar aniqlandi.Kambagʻallikni qisqartirish  va bandlik boʻlimi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida  migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligiga koʻmaklashish  maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.Mehnat yarmarkasida 108 ta tashkilot 847 bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.Ushbu yarmarkaga 172 nafar ishsiz va migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz jalb qilinib, shundan 5 nafar fuqaroga kasb-hunar kurslariga va 15 nafar yurtdoshimizga doimiy ishga joylashish uchun yo'llanma berildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech