×
31-май 2024 yil 70

Urganch tumani yoshlari "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun fizika fanidan oʻtkazilgan olimpiadada 2-o'rinni egalladilar

Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab  taʼlimi vazirligi, IDC(International Development Centre) markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-9-10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun fizika fanidan oʻtkazilgan olimpiadaning Respublika bosqichi, Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (science) olimpiadasining Respublika bosqichida Urganch tumani yoshlari 2-o'rinni egalladilar. Urganch tumani hokimi Gayratjon Sultanov tumandagi 45-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 18 nafar o'quvchilarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab,esdalik sovg'alarini topshirdilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech