
Barcha muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oshiqmoqda.
Hayajonli, orzular ushalgan damlarda Alloh taoloning bayti sari yoʻl olayotgan hamyurtlarimiz eson-omon muborak qadamjolarni ziyorat qilib kelishini Alloh taolodan soʻrab qolamiz. Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini muborak qilsin, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!
Izoh: “Haj-2024” mavsumidan Xorazm viloyatidan 651 nafar hamyurtlarimiz Haj safariga borishi belgilangan.Urganch tumanidan 102 nafar hamyurtimiz Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdilar.