Bugun Urganch tumani hokimligi majlislar zalida “SEKTOR RAHBARLARI VА YOSHLАR” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Gayratjon Sultanov,sektor rahbarlari,yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok qildi.Sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashuv vaqtida ularning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari, muammo va takliflari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar.Yoshlarimiz tomonidan berilgan taklif va savollarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, yana bir qismi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Uchrashuv yakunida tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fidoiyligi va samarali mehnatlari uchun bir qator yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.