2024-yil 1-iyuldan – 1-avgustgacha Respublika hududida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri munosabati bilan tuman hududidagi aholi yashash xonadonlari hamda ijtimoiy soxa obyektlarida, shuningdek, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.Bundan tashqari tuman IIB bilan hamkorlikda joriy yilning 25-may kunidan 25-sentabr kuniga qadar suvda baxtsiz hodisalarni oldini olish bo'yicha tuman hududidagi cho'milish mumkin bo'lmagan joylar daryo, kanal, ariqlarda profilaktik tadbirlar olib borilib, sodir bolishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarning oldi olinmoqda.Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni cho'milish mumkin bo'lmagan joylarga jo'natmang, e'tiborli bo'ling.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati