Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini oʻrganish, bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yoshlar,mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Urganch tumani hokimi Gayratjon Sultanov yoshlarning har biri bilan alohida suhbat oʻtkazib, ularning taklif va gʻoyalarini oʻrgandi. Uchrashuvda turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati