×
15-июл 2024 yil 79

Kiberjinoyatchilik yuzasidan seminar o‘tkazildi 

Joriy yilning 1-iyul sanasidan 31-iyulga qadar respublikamiz bo‘ylab “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida Urganch tuman hokimligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.Seminarda axborot texnologiyalari davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni turli aldovlar yo‘li bilan mablag‘larini o‘g‘irlash holatlari ko‘p kuzatilayotganligi ta’kidlandi. Ushbu jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilib, ogohlikka chaqirildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech