Urganch tumanida “ Mahalla yettiligi” aʼzolarining mahalla faoliyatini samarali tashkil etishga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Unda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, xodimlarga ish faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarda qay tartibda chora koʻrish mumkinligi borasida tushuntirishlar berildi. Seminarda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi maslaxatchisi, markaz direktori oʻrinbosari X.Ketmonov ishtirok etdi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati