“Sholikorlar” mahallasida tuman hokimi Gayratjon Sultanovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.Unga fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish uchun tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari jalb etildi.
#Sayyor_qabul
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼmiri, tibbiy xizmat, moddiy yordam, bandlik, yer munosabatlari bilan bogʻliq murojaatlar tinglandi.
Ijrosi uchun muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan masʼullarga muddat belgilangan holda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.