📊 2024- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda 680 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan bo‘lib, jami faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 14,4 %ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlariga ko‘ra eng ko‘p yangi oilaviy korxona sanoat (233 ta) va savdo (195 ta) sohalarida tashkil qilingan.
Hududlar kesimida bu ko‘rsatkich Yangiariq (99 ta), Urganch (99 ta) va Bog‘ot (72 ta) tumanlarida yuqori bo‘lgan.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati