×
30-авг 2024 yil 91

Bayram yarmarkasiga marhamat!


Mustaqilligimizning  33 yilligi bayrami oldidan  Urganch tumani hududida Bosh prokuratura xuzuridagi IJKK Departamentining Xorazm viloyati Urganch tumani boʻlimi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil qilindi. Unda tumanimiz dehqon va fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan hamda mahalliy  korxonalarda ishlab chiqarilgan   oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda. 
 
Bozorlar toʻkinligi, narxlar barqarorligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar aholining xarid qobiliyatini oshirish, xalqimizning bayram dasturxoni yanada toʻkin boʻlishiga xizmat qiladi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech