
Hurmatli yurtdoshlar!
Paxta mavsumida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish yuzasidan savollar tugʻilsa yoki majburiy mehnat holatlariga guvoh boʻlsangiz Davlat mehnat inspeksiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegram botiga murojaat qiling. (https://t.me/mehnatvazirligi/17578)
Eslatib oʻtamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga koʻra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.