Joriy yilning 6-noyabr kuni viloyat ishchi guruhi bilan birgalikda Urganch tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan joylashtirilgan tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha, reklama va boshqa e’lonlar, axborot matnlarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlariga zid ravishda o‘rnatilgan tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha, reklama va boshqa e’lonlar yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli tushuntirishlar berildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati