📖 Shu munosabat bilan Urganch tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tumandagi 44 ta maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun seminar o‘tkazildi. Seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari R.Vapayeva, Urganch tumani hokimining maslahatchisi Sh.Ramanovalar tomonidan umumta’lim maktablarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘mak berildi. 🏳️Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar yuzasidan vazifalar taqsimoti va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati