Hurmatli fuqarolar!
Xorazm viloyatining Tuproqqal'a, Bog‘ot, Xiva, Qo‘shko‘pir va Urganch tumanlari Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining xizmatchi lavozimlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarga tanlov e’lon qilinadi.
Ishga kirish istagini bildirgan nomzodlar 2024-yil 14-noyabr kuni ertalab soat 08:00 da Urganch shahar "Yoshlik" sport majmuasiga (monej) o‘zlari bilan sport kiyimi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, diplom, harbiy guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi (B, C toifali) va 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar: bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tagan 30-yoshdan oshmagan fuqarolar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz nomzodlar B, C toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari kerak.
Murojaat uchun tel: +998-62-223-11-57