×
15-ноя 2024 yil 41

Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Mergan Ovul mahallasida o‘tkazildi


Urganch tuman hokimi Gayratjon Sultanovning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda. 
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning Mergan Ovul mahallasida o‘tkazildi. Qabulda mahalla faollari va fuqarolari ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya va boshqa masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.

Shuningdek, 2023-2024 yillarda tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yilda rejalashtirilgan ishlar haqida ma'lumot-hisobot taqdim etdi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech