×
28-ноя 2024 yil 40

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI


Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. 

Sessiya kun tartibida:

1. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida; 

2. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida; 

3. Xalq deputatlari Urganch tuman Kengashida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida;

4. 2024-yilning 9 oyi davomida 2-sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ehtiyojmand oilalar ro‘yxati “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Yoshlar” daftariga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman prokurori S.Gaybievning hisoboti to‘g‘risida;

5. Urganch tuman mahalliy budjetining 2024-yil 3-chorak ijrosi to‘g‘risida;

6. Qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan Urganch tuman hokimining 2024-yil 5-noyabrdagi 478-12-173-Q/24-son qarorini bekor qilish haqida;

7. Tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklari hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan sudga da’vo ariza kiritish haqida.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech