×
21-ноя 2024 yil 4

Tumandagi yoshlar yetakchilarining 10 oylik hisoboti tinglandi

Unda tuman hokimi Gayratjon Sultanov, sektor rahbarlari  ishtirok qildi. Yigʻilishda  tizim doirasida mahalla yetakchilari oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi.

Xususan, yoshlar bilan individual ishlashni jadallashtirish, jamiyatdan ajrab qolgan, hayotda oʻz oʻrnini topolmayotgan, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish, belgilangan yoʻnalishlardan kelib chiqib, faoliyat yuritayotgan mahalla hududidagi bandligi taʼminlanmagan davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan hamda koʻmakka muhtoj yoshlar bilan alohida ish tashkil etib, ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashda amaliy koʻmak berish kabi vazifalar yuzasidan olib borilayotgan ishlarga toʻxtalindi. 

Shuningdek, hisobot yigʻilishi yakunida yetakchilarning faoliyati davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Kelgusidagi rejalar, vazifalar belgilandi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech