×
26-ноя 2024 yil 11

Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda muhim

O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan davlat fuqarolik xizmatchilarini xabardor qilib borish maqsadida har hafta juma kunlari siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.Bugungi o‘quv soatida ham Urganch tumani hokimligi apparati xodimlari, bo‘lim va bo‘linmalar rahbar-xodimlari O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy hamda “Mahalladan gapiramiz”, "Mutolaa vaqti" ruknlaridan iborat videolavhani tomosha qilishdi.

Mazkur o‘quv soati Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, to‘liq shaklda ilm.argos.uz platformasi hamda You tube`dagi ushbu havola (https://www.youtube.com/watch?v=Hb3VZ_k4S4g) orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech