Urganch tumanida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi
Urganch tumanida 28 ta davlat, 12 ta davlat xususiy sherikligi asosidagi, 156 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, yaʼni jami hisobda 199 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. “Adolat” mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2024-yil fevral oyida investitsiya dasturi asosida qurilish ishlari tugatilib, bugungi kunda ish faoliyatini boshladi. Mahallada jami 3-7 yoshli bolalar soni 358 nafarni tashkil qiladi va bugungi kunda 150 oʻringa moʻljallangan ushbu davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 224 nafar bola qamrab olinishi koʻzda tutilgan.Urganch tumani hokimligi axborot xizmati