Urganch tumanida terak daraxtlarini ildizi bilan qo'parib tashlagan fuqaroga 12 million 750 ming so'm jarima solindi
Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Urganch tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida tumanning "Uch ko'prik" mahallasi hududida 3 tup terak daraxtni fuqaro R.A tomonidan ildizi bilan qo'parib tashlaganlini holat aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 million 375 ming so'm jarima hamda 3 million 375 ming so'm tabiatga yetgazilgan zarari hisoblandi.