×
12-дек 2024 yil 18

Yil sarhisobi, kelgusi rejalar, foydali o'quvlar

🔍O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari uchun o‘quv-seminar o'tkazildi.
🔍Xorazm viloyatida 531 ta mahalla bor, “mahalla yettiligi” xodimlari 3 181 nafarni tashkil etadi. Joriy yilning o‘tgan 11 oyida Xorazm viloyati boshqarmasiga 4 140 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 3 873 tasi ya’ni 93,5 foizi ijobiy hal bo‘ldi. Bu tashkil etilgan tizimning natijasi. 

Seminarda “Mahalla yettiligi” faoliyat samaradorligini oshirishda mahalla raisining koordinatsion boshqaruv usuli, “Raqamli mahalla” platformasidan foydalanish, yettilik faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari, “Mahalla servis kompaniyasi”ni tashkil etishdagi muammolar va ularning yechimlari kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech