×
09-дек 2024 yil 12

Urganch tumanida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi

Joriy yilning 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Urganch tuman hokimligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi. Sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert, ko‘ngilochar madaniy va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech