Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida:
1. Urganch tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
2. Urganch tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida;
3. Urganch tumanida 5-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganovaning axboroti to‘g‘risida;
4. Mahallalarga biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tumandagi mahalla hokim yordamchisining faoliyatini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri E.Sapaevning axboroti to‘g‘risida;
5. Tumanda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, tadbirkorlik faoliyatiga koʻmaklashish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Savdo-sanoat palatasi Urganch tuman bo‘limi boshlig‘i R.Baltaevning axboroti to‘g‘risida;
6. Tumanda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi faoliyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli va 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorlarida belgilangan vazifalari yuzasidan xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O.Abduraximovning hisoboti to‘g‘risida;
7. Tuman tibbiyot birlashmasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va belgilangan ustuvor yoʻnalishlari xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordam koʻrsatilishining holati yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Z.Sharipovning hisoboti to‘g‘risida;
8. Tumanda atrof muhitni muhofaza qilishning holati hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i J.Sabirovning hisoboti to‘g‘risida;
9. Tumanda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori A.Ro‘zmetovning hisoboti to‘g‘risida;
10. Tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi shuningdek, yoshlar muammolarining hal etilishiga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Xudayberganovaning hisoboti to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.