Ma’lumki so‘nggi yillarda mamlakatimizda xususiy sektorga berilayotgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zero, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi xizmatlarning xususiy sektorga o‘tkazilishi nafaqat mazkur sohada ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshishini, balki byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ham ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 720-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom 11-bandida, aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXSh loyihasi jamoatchilik muhokamalari bilan birga tayyorlanishi lozimligi qayd etilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan G‘alaba istiroxat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rekonstruksiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi ishlab chiqilayotganligini ma’lum qiladi.
Loyiha doirasida xususiy sektor mablag‘lari hisobidan, yangi attraksionlar, basseyn, anfiteatr va kino zal qurilishlari ko‘zda tutilgan.
Malumot uchun: Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, istiroxat bog‘i boshqaruvining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berilishi tuman axolisi uchun yangi ko‘ngil ochar maskan barpo qilinishi va axoli kayfiyatini yaxshilanishiga hizmat qiladi.
Shuningdek, loyiha ob’ektlari (G‘alaba istiroxat bog‘i) xususiy sherikka ishonchli boshqaruv asosida vaqtincha foydalanishga beriladi. Bunda, loyiha ob’ektlaridan kredit olish uchun garov sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
DXSh to‘g‘risidagi bitim muddati tugagach, loyiha ob’ektlari (yangi qurilishi rejalashtirlgan binolar bilan birgalikda) davlat sherigiga qaytariladi.
Mazkur loyiha bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz mavjud bo‘lgan taqdirda, quyida keltirilgan elektron manzillarga murojaat qilishingizni so‘raymiz: urganchtumanihokimligi@gmail.com