#davat_dasturi_loyihasi_2025

Haqiqatdan ham hozirgi kunda inson salomatligi mamlakatimizda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Biz deputatlar aholimizga inson salomatligi, uni mustahkamlash, asrash, ekologik turmush tarzini shakllantirish, hayotimizda badantarbiya mashg‘ulotlari, ommaviy sport tadbirlari va sport mashg‘ulotlari doimiy tarzda kundalik hayotimizdan o‘rin olishi lozimligi bo‘yicha tushuntirishlar olib borishimiz hamda bularni ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratishda ko‘maklashishimiz kerak, chunki barchamiz sog‘ligimizning borida qadriga yetishimiz kerak.
Bunday loyihalarda ishtirok etish, shu bilan birgalikda fuqarolarni ham jalb qilib hissamizni qo‘shsak, Yurtboshimiz tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlasak va davlat dasturini hayotga samarali tatbiq etsak, farovon hayotimizni yanada mustahkamlashga erishgan bo‘lar edik.
Bu borada biz deputatlardan mas’uliyat va jonbozlik talab etiladi.
Dildora ISKANDAROVA,
Xalq deputatlari Urganch tuman Kengashi deputati.