×
16-дек 2024 yil 87

Urganch tumani FVB, Prokuratura, IIB, sog'liqni saqlash, tuman gaz hamda elektr tarmoqlari bo'limlari


Urganch tumani FVB, Prokuratura, IIB, sog'liqni saqlash, tuman gaz hamda elektr tarmoqlari bo'limlari bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 11-sonli Musiqa va san'at maktabida kuz-qish mavsumi, is-gazidan zaharlanishlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashini oldini olish hamda energiya tejamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy seminar o'tkazildi.

O'tkazilgan seminarda energiya  resurslarini iqtisod qilish hamda is gazidan zaharlanishi va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va soha vakillari tomonidan qayta tiklanuvchi yashil energiya afzalliklari, ularni o‘rnatgan isteʼmolchilarga beriladigan imtiyozlar haqida axborotlar berildi.

Seminarda mahalla raislari, mahalla faollari jalb qilinib, ularning sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo'yicha bilimlari oshirildi va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech