×
20-дек 2024 yil 83

NAMUNALI AXBOROT XIZMATI – YANGIARIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI FAOLIYATI MISOLIDA...

Bugun Yangiariq tuman hokimligida "Namunali axborot xizmati” tadbiri – Yangiariq tuman hokimligi axborot xizmati rahbari faoliyati misolida oʼtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, viloyatimizning tuman va shahar hokimliklaridagi Axborot xizmati rahbarlari ishtirok qildi. 

Dastlab, tadbir ishtirokchilari Yangiariq tuman hokimligi Axborot xizmatiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Soʻngra  ish faoliyati xususida muloqot oʼtkazib, bir-birlari bilan tajriba almashdilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech