×
27-дек 2024 yil 98

YANGI YIL BAYRAMI - BOLAJONLAR QUVONCHI 

Har bir bayram bolajonlar bilan totlidir. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga begʻubor orzu-umidlar, mehr-oqibat va yangi marralar olib kelishini intiqlik bilan kutadilar.  

Bugun tuman hokimligida Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tadbir tashkil etildi. Bayram tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Murodjon Achilov hamda tuman hokimi Gayratjon Sultanov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga viloyat hokimining sovg’alarini topshirdilar.

Qorbobo va qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashgan sahna chiqishlari esa yig‘ilganlarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech